Professional boks: G‘iyosov ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berdi
Misrda tashkil etilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov ringga ko‘tarildi.
Yarim o‘rta vazn toifasida WBA Regular kamari uchun kechgan jangda Shahram G‘iyosov angliyalik Jek Ketteralga qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan, ayrim vaziyatlarda hamyurtimizning ustunligi ko‘ringan jangda hakamlarning (109-118, 108-119, 111-116) qaroriga muvofiq yevropalik bokschi ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Aytish lozim, bugungacha Shahram G‘iyosov professional boksda 17 ta jang o‘tkazib, barchasida muvaffaqiyat qozongandi. Ushbu natija esa uning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA