Prezident sovg‘asi Surxondaryoga keldi
FOTOREPORTAJ
Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga davlatimiz rahbarining sovg‘alarini taqdim etish an’anaga aylangan. Bu yilgi bayram sovg‘alari ham joylarga yetkazilmoqda.
Surxondaryolik bolajonlarga atalgan sovg‘alar Termiz temir yo‘l vokzalida Qorbobo hamrohligida viloyat hokimligi mas’ullari, harbiy orkestr va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.
[gallery-26872]
Mazkur sovg‘alar viloyatdagi oilaviy bolalar uylari, boquvchisini yo‘qotgan yetim bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga, Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "Muruvvat" internat uyining jami 894 nafar o‘g‘il-qizlariga beriladi.
Sovg‘alar viloyatning shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” bayram tadbirida bolajonlarga topshiriladi.
Prezident sovg‘asi tarkibiga bolalarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiluvchi 24 nomdagi o‘quv qurollari, shuningdek, bolajonlar sevib iste’mol qiladigan 34 nomdagi shirinlik kiritilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA