Prezident olimpiadasi: Stol tennisida Toshkent viloyati umumjamoada g‘olib
Poytaxtimizda davom etayotgan Prezident olimpiadasi sport musobaqalarining stol tennisi bahslarida mamlakatimizning 14 ta hududidan 84 nafar yosh sportchi yakkalik, jamoaviy va aralash jamoaviy yo‘nalishlarda kuch sinashdi.
To‘rt kunlik stol tennisi musobaqalari yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan umum jamoada peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

2-o‘rinni egallagan Andijon viloyati stol tennischilari 1 ta oltin, 3 ta bronza medalga hamda 3-o‘ringa ega chiqqan Samarqand viloyati jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush medal jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm va Navoiy viloyati vakillari ham sovrindorlikka erishgan vaziyatda Qashqadaryo, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo jamoalari stol tennisida biron bir o‘rinni egallay olmadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA