Poytaxt maqomini belgilashga oid qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomini belgilashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan edi. Shundan kelib chiqib ishlab chiqilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida maromiga yetkazilmoqda.
Ushbu qonun loyihasini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda bir qator vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, loyihada poytaxtning maqomidan kelib chiqadigan huquqlar, majburiyatlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini aniqlashtirish zarurligi aytildi.

Shuningdek, Toshkent shahri bilan Toshkent viloyati o‘rtasida transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ekologiya, chiqindilar, shaharsozlik va yerdan foydalanish masalalarini kelishilgan holda hal qilish mexanizmini belgilash lozimligi qayd etildi.
Ayni paytda qonun loyihasini maromiga yetkazish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
M.Komilova,
O‘zA