Polsha Ukrainaga qiruvchi samolyot bermaydi
Polsha Ukrainaga MiG-29 rusumli qiruvchi samolyotlar topshirish rejasini bekor qildi. Bunga Kiyev tomoni uchuvchisiz uchog‘i qo‘llanishi bo‘yicha kelishuv sharti bajarilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari – mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lum qilishicha, ikki davlat o‘rtasida Ukraina drondan jangovar sharoitda foydalanish tajribasini baham ko‘rishi, Varshava esa buning evaziga MiG-29 samolyoti berishi haqida kelishuv mavjud edi. Kiyev dastlab bu shartga rozilik bildirgan, keyinchalik esa chekingan. Shu bois qiruvchi samolyot yetkazib berish jarayoni muzlatilgan.
D.Hakimov, O‘zA