Polina Portugaliyada, Kamilla Ispaniyada o‘ynadi
Ayni kunlarda Ispaniya va Portugaliyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan nufuzli musobaqalarda ikki tennischimiz - Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova ishtirok etmoqda.
Portugaliyada ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha WTA125 tasnifiga kiruvchi “Oeiras CETO Open” musobaqasida hamyurtimiz Polina Kudermetova chorak finalga chiqdi.
Polina asosiy to‘r bahslarining ikkinchi davrasida ispaniyalik Giomar Maristani Suleta De Reales bilan raqobatlashdi va 7:5, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi turnirning yarim final ostonasida italiyalik Luchiya Bronsettiga qarshi raqobatlashadi.
Ispaniyaning Madrid shahri mezbonlik qilayotgan WTA 1000 tasnifidagi “Mutua Madrid Open” turnirida Kamilla Rahimova yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.
Afsuski, Kamilla ushbu musobaqaning ilk bosqichida ukrainalik Angelina Kalininaga 5:6, 7:5, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi mamlakatimizning eng kuchli tennischisi hisoblangan Kamilla Rahimova juftlik bahslarida chexiyalik Anna Siskova bilan tandemda serbiyalik Anna Kruich va fransiyalik Kristina Mladenovich duetiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA