Plastik mahsulotlar ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Kogon shahrida faoliyat yuritayotgan “Optima Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati plastik idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan turli xil plastik idishlar ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash barobarida qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish quvvatlari yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot tayyorlash imkonini bermoqda.
[gallery-30612]
Korxonaning umumiy investitsiya qiymati 1 million 500 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish uchun 0,9 gektar yer maydoni ajratilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 57 milliard so‘mlik mahsulotga teng bo‘lib, davlat byudjetiga har yili qariyb 1,5 milliard so‘m soliq tushumlari yo‘naltirilmoqda.
Ayni paytda korxonada 25 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Bu hududda aholi bandligini oshirish, sanoat salohiyatini yuksaltirish va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA