Piyodalar uchun koʻprik
Guliston shahrining Oʻzbekiston shoh koʻchasida – Ahillik hamda Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻinlarini bir-biri bilan bogʻlab turuvchi piyodalar koʻprigi qurilmoqda.
Guliston shahrining Oʻzbekiston shoh koʻchasida – Ahillik hamda Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻinlarini bir-biri bilan bogʻlab turuvchi piyodalar koʻprigi qurilmoqda.
Loyiha qiymati 850 million soʻmlik ushbu obyekt pudratchi Toshkent shahridagi “Koʻprik yoʻl loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Sirdaryo viloyati avtomobil yoʻllari boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Koʻprikning uzunligi – 36, eni 3 metrni tashkil etadi. Qurilma shaharning qoq markazidagi ilk piyodalar koʻprigidir.
– Viloyatimiz markazi – Guliston shahridagi 11-umumtaʼlim maktabida 2 ming 300 nafar oʻquvchi tahsil olsa, ularning salkam yarmi Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomad qiladi, – deydi mehnat faxriysi, Ahillik mahalla fuqarolar yigʻini raisi Kubay Karimov. – Nafaqat ushbu taʼlim dargohida tahsil olayotgan maktab oʻquvchilarining balki, shu yerdan ishga va boshqa tashvishlar bilan qatnovchi fuqarolarning olisi yaqin boʻlishi barobarida, ularning xavfsizsligi taʼminlanishini ham alohida taʼkidlash lozim. Koʻprik loyihasida piyodalar uchun barcha qulaylik va xavfsizlik choralari koʻrilgan.
Koʻprik joriy yilning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida foydalanishga topshiriladi.