Pirotexnika vositalari fosh etildi
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida pirotexnika vositalarining savdosiga qarshi tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida M.M. tomonidan sotish maqsadida 309 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalari va “7Shots” nomli salyutlar saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zA.