Pekinga kuchli qum bo‘roni yopirildi
Xitoy poytaxti Pekinga bir oyda ikkinchi marta qum bo‘roni yopirildi.
Tegishli videotasvirlar LIFE SHOT Telegram-kanalida ommaga e’lon qilingan. Tasvirda shahar to‘q sariq havo qatlami ostida qolgani ko‘rinadi.
Poytaxt ko‘chalarida harakat sezilarli kamaygan. Mahalliy hukumat aholiga uydan chiqmaslikni so‘rab murojaat qilgan. Meteorologiya byurosi “Sariq” darajali xavfdan ogohlantirgan.
Taxminlarga ko‘ra qum bo‘roni mamlakatning shimoli va shimoli-g‘arbini qamrashi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 15 martda Pekinga keyingi o‘n yillikdagi eng yirik qum bo‘roni yopirilgani aytilgandi.