Payariqdagi eng ilg‘orlarga 3 ta avtomashina sovg‘a qilindi
Payariq tumanida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayram tadbirida bu yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi ilg‘orlariga tuman hokimligi hamda "Payariq klaster" MCHJ tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Xususan, "Paxtakor" MMTP raisi Xo‘roz Qarshiboyev "TRACKER" avtomobili bilan taqdirlandi.
"Eng ilg‘or fermer" deb e’tirof etilgan "Sortoy" fermer xo‘jaligi raisi Anvar Ergashevga "Nexia-3" avtomobili berildi.
Mavsumning ilg‘or terimchilari ham kutilmagan sovg‘alar bilan siylandi. Tuman bo‘yicha eng ko‘p - 10 tonna paxta tergan Polvonariq mahallasida yashovchi Gulbahor Chinniqulova "Damas" avtomashinasi oldi.
G‘.HASANOV, O‘zA