“Paxtakor“ keyingi bosqichda
OCHL saralash bahslari ikkinchi bosqichida mamlakatimiz vitse-chempioni “Paxtakor“ gʻalabaga erishdi.
OCHL saralash bahslari ikkinchi bosqichida mamlakatimiz vitse-chempioni “Paxtakor“ gʻalabaga erishdi.
Oʻz maydonida Iroqning “Eyr Fors“ klubini qabul qilgan “sherlar“ oʻz muxlislariga quvonch ulashdi. Avvaliga Jaloliddin Masharipov chalqancha usulda darvozani ishgʻol qilib, hisobni ochdi. Keyin Marat Bikmayev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni 2-0ga yetkazdi.
Koʻpchilik oʻyin taqdiri hal boʻldi, deb xayol qilib turganda mehmonlar bitta javob toʻpi kiritishga muvaffaq boʻldi va oʻyinga yana intriga qaytdi. Ammo soʻnggi daqiqalarni himoyada oʻtkazgan paxtakorchilar gʻalbani saqlab qoldi.
Endi “sherlar“ hal qiluvchi saralash bosqichida BAAning Al Nasr jamoasiga qarshi mehmonda toʻp tepadi.





