Paxtadan moʻl hosil yetishtirish niyatida...
Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida gʻoʻza parvarishida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Hududdagi 143 ta paxtachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaligining 11 ming 300 gektar maydoniga chigit ekilgan.

Bu yil jami 35 ming 360 tonna paxta xom ashyosi yetishtirish koʻzda tutilgan boʻlib, har bir gektar yerdan olinadigan oʻrtacha hosildorlik 32 sentnerni tashkil etadi. Xususan, “Saidabror Sultonsaid” fermer xoʻjaligi rahbari S.Xolsaidovning taʼkidlashicha, bu yil agronomlarning gʻoʻza parvarishida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazishi hisobiga har gektardan olinadigan hosildorlikni 45 sentnerga yetkazish moʻljallanmoqda.
Ayni kunlarda tumanda hosildan boʻshagan maydonlarga kuzgi bugʻdoy ekish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. “Qahramon” hududi Mexanizatorlar uyida fermer xoʻjaligi ishchi xodimlarining madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu kabi dam olish uylari viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etilgan.