Paulo Maldini: "Mening davrimda iste’dodlar qadrlanar edi"
Italiya terma jamoasining libosini kiyganingizda faxr va tarixiy mas’uliyatni his etasiz.
Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Paulo Maldini terma jamoasining so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi.
"Italiya terma jamoasining libosini kiyganingizda faxr va tarixiy mas’uliyatni his etasiz. Bizning terma jamoamiz butun boshli futbol tarixida eng zo‘rlaridan biri. Bitta o‘tkazib yuborilgan Jahon chempionati - bu ogohlantiruvchi signal, ikkitasi - inqiroz va uchtasi bu muvaffaqiyatsizlik. Mening davrimda iste’dodlar qadrlanardi, lekin xarakter birinchi o‘rinda edi. Intizom, mehnatsevarliksiz hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Italiya endi o‘ziga xoslik , g‘urur va mas’uliyatsiz terma jamoa emas", - dedi Maldini.
Ma’lumot uchun, Paulo Maldini 19 yoshidan boshlab Italiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan va 2006-yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.