Partiyaning 20 yilligi nishonlandi
FOTOREPORTAJ
Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat boshqarmasining majlislar zalida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tashkil topganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputatlari, faxriylari, viloyat, tuman, shahar Kengashlari raislari, apparat rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirini Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib, partiyaning 20 yillik bayram tadbiri bilan barchani qutladi. O‘tgan davr tarix oldida qisqa vaqt bo‘lsada, xalq ishonchini qozonib, salmoqli ishlarni amalga oshirishga erisha olgan partiya uchun sarhisob qilsa arziydigan davr bo‘lganligini ta’kidladi.
[gallery-15024]
– Bundan 20 yil oldingi oddiy tadbirkor, o‘quv markazi rahbari bugun o‘sib-ulg‘ayib, kamolga yetib, yirik ishlab chiqarish ustasi, yetakchi kompaniya rahbari, klaster boshlig‘i, brend mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona direktori, yirik sarmoyador va siyosiy liderga aylandi, - deydi partiya viloyat rahbari X. Xalilova. – Aytish joiz, keng qamrovli, to‘la quvvat bilan ish olib borayotgan korxona yetakchilari avvalo, ishning ko‘zini bilib harakat qilish asnosida katta daromad va muvaffaqiyatga erishmoqda. Biz davr bilan hamnafas bo‘lib, boshlagan ishlarimizning natijadorligiga erishamiz.
Tadbirda O‘zLiDep viloyat Kengashi faxriylaridan M.Egamova, R.To‘raxonov, R.Sattarova, M.Mamajonov, R.Turdiyev va partiya faollari so‘zga chiqib, partiya faoliyati, g‘oya va tashabbuslari, olib borilgan amaliy ishlar samarasi xususida so‘z yuritdi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA