“Parij-2024”: Diyora Keldiyorova yarim finalda
Fransiyaning Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari musobaqalarining navbatdagi kunida ayollar o‘rtasidagi dzyudo bahslarini muvaffaqiyatli boshlagan Diyora Keldiyorova chorak finalda jang qildi.
Diyora Keldiyorova (52 kg) chorak final bosqichida germaniyalik Masha Bollxaus bilan bellashdi va g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot o‘rnida: dzyudo bahslarining 66 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Sardor Nurillayev ilk bahsda braziliyalik Uilyan Limaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA