Paralimpiya: O‘zbekiston bayroqdorlari ma’lum
Avval xabar berganimizdek, kecha - 20 avgust kuni Tokioda o‘tkaziladigan XVI yozgi paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Yaponiyaga yo‘l oldi.
O‘zbekiston paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida atletlarimizdan Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova Vatanimiz sport delegatsiyasining bayroqdorlari sifatida tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, XVI yozgi paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sport sharafini 48 nafar irodali sportchimiz himoya qiladi. Ular 8 ta sport turi bo‘yicha 55 ta medallar jamlanmasidagi o‘z ulushlari uchun kurashadi. Istagimiz, matonat timsoli bo‘lgan sportchilarimizning olgani faqat oltin bo‘lsin.
T. RO‘ZIEV, O‘zA