Para velosportchilarimizdan uch medal!
Yaponiyada o‘tayotgan Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, shohsupaning yuqori pog‘onalaridan joy olmoqda.
V Paraosiyo o‘yinlarining 21-oktabr kungi dasturidan o‘rin olgan para velosport bo‘yicha ayollar o‘rtasida T1–2 klassidagi vaqt poygasida hamyurtlarimiz Marjona Pardaboyeva va Odina Hamdamova raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatib, musobaqaning oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
Marjona Pardaboyeva 25 daqiqa 58,04 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Odina Hamdamova esa 31 daqiqa 36,76 soniyalik natija bilan ikkinchi o‘rinni egallab, delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shdi. Mazkur yo‘nalishda bronza medali Tailand vakiliga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi T1–2 klassidagi vaqt poygasida ham Jahongir Xalilov munosib natija qayd etdi. U 20 daqiqa 56,10 soniyada marraga yetib kelib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, para velosportchilarimizning muvaffaqiyati O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘armasiga yana medallar shodasini taqdim etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA