Para sportchilarimiz Polsha va Niderlandiyada o‘tayotgan jahon chempionatlarida qatnashmoqda
Bugun, 26-avgust kuni Polshaning Poznan shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionati boshlanadi.
30 ta mamlakatning 200 nafardan ziyod matonatli va irodali para sportchilari ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
30-avgustga qadar davom etadigan jahon birinchiligi musobaqalarida mahoratli para kanoechilarimizdan Azizbek Abdulhabibov, Oybek Yo‘ldoshev, Hasan Qo‘ldashev, To‘rabek Nazarqulov va Haytmurod Sherqo‘ziyev yigitlar o‘rtasidagi, Farida Abduraimova, Shahnoza Mirzayeva, Irodaxon Rustamova hamda Shahzoda Mamadaliyeva xotin-qizlar ishtirokidagi bahslarda ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, kecha Niderlandiyaning Amsterdam shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha boshlangan jahon chempionatida mamlakatimizning 9 nafar para sportchisi Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Musobaqalar 30-avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA