Panj daryosi ustidagi koʻprik ochildi
Bir yarim oydan soʻng Tojikiston qish oylarida chegara yaqinidagi afgʻon qishloqlarini oziq-ovqat bilan taʼminlovchi yagona chora boʻlgan Panj daryosi ustidagi koʻprikni ochdi.
Bir yarim oydan soʻng Tojikiston qish oylarida chegara yaqinidagi afgʻon qishloqlarini oziq-ovqat bilan taʼminlovchi yagona chora boʻlgan Panj daryosi ustidagi koʻprikni ochdi.
Xatlon viloyatidagi Shamsiddin Shoxin tumanini va Afgʻoniston shimolidagi Xoxon uyezdini bogʻlovchi koʻprik Afgʻon narkokontrabandasi tomonidan tojik choʻponi Toʻraxon Nurmatov oʻgʻirlab ketilganidan soʻng – 2019 yilning 1 yanvar kuni harakatlar uchun berkitilgan edi.
Shu kundan boshlab Tojikiston-Afgʻoniston chegarasida Afgʻonistonning Xoxon, Kufob va Shikay uyezdlari aholisi uchun oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 20ga yaqin yuk mashinasi turib qoldi. 200 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan mazkur uyezdlarda oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi tugab borayotgan va aholi ochlik girdobiga tushib qolayotgan edi. Afgʻonistonning shimoliy tumanlari deyarli yarim yilgacha tashqi dunyodan uzilib qoladi – chunki qorboʻronlari tufayli togʻ dovonlari kuz oylaridan boshlab berkitiladi. Afgʻon qishloqlarining aholisi Tojikiston rasmiylariga murojaat qilib, koʻprik tezroq ochilishini iltimos qildi.
Sovuq kunlar kelishi bilan kuz oylaridan boshlab Afgʻoniston markazini shimol bilan bogʻlovchi yoʻllar berkitiladi va shuning uchun ham mahsulot va oziq-ovqatlarni yetkazish maqsadida haydovchilar Tojikiston hududlaridan foydalanishadi. Ular Afgʻonistonning Qunduz viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyati oʻrtasidagi chegaradan oʻtishadi va Tojikiston hududlari orqali oʻtib Shamsiddin Shoxin tumanini Xoxon uyezdi bilan bogʻlovchi koʻprikkacha borishadi.
Afgʻonistonning Badaxshon maʼmuriyati matbuot kotibi Nekmahmad Nazarining 16 fevral kuni aytishicha, koʻprikni ochish masalasi ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari darajasida hal qilindi va nihoyat ijobiy qarorga kelindi.
“Mazkur koʻprik Badaxshon viloyatining uchta uyezdi aholisi uchun hayotiy ahamiyatga ega. Koʻprik berkitilgan davr mobaynida turib qolgan yuk mashinalaridagi oziq-ovqatlar yaroqsiz holga kelib qoldi, endi muammo bartaraf etildi”, deydi suhbatdosh.
Afgʻonistonlik tadbirkor Nurali Said 16 fevral kuni bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan toʻrtta yuk mashinasi Xoxongacha yetib borganini maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga qaraganda, bir yarim oy mobaynida uchta uyezddagi barcha bozor va doʻkonlarning peshtaxtalari deyarli boʻshab qolgan edi.