“Pakhtakor Cup” turniri yuqori saviyada o‘tdi
Poytaxtimizda xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J30 tasnifiga kiruvchi “Pakhtakor Cup” turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaning o‘g‘il bolalar orasidagi yakkalik bahslari finalida hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarov va qozog‘istonlik Mansur Sainov bosh sovrin uchun o‘zaro raoqbatlashdi. Afsuski, ushbu bahsda Mahmudbek 4:6, 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Natijada M.Sainov turnir g‘olibiga, M.Beknazarov vitse-chempionaga aylandi.
Juftlik bahslarida neytral tennischilar Ivan Matveyev va Ivan Molgin bosh sovringa ega chiqdi. Yosh tennischimiz Amir Safoyeva va neytral tennischi Nikita Kletsov tandemi ikkinchi bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida neytarl tennischi Emiliya Fedosseva barcha raqiblarini mag‘lub etib chempionga aylangan bo‘lsa, juftliklar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nigina Alimova hamda Zlata Chinnova dueti g‘alaba qozondi.
Javohir Toshxo‘ajev, O‘zA