O‘zmilliybank krediti o‘z samarasini berdi
Buxoroda “Poykent Bukhara” brendi ostida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar “O‘zmilliybank” AJ ko‘magida tashkil etilgan.
Prezidentimiz tomonidan turizmni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyat va berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish natijasida Buxoroda o‘tgan 2020 yilda 6 ta yangi turistik kompaniyalar ro‘yxatga olingan.
Ularning soni 2016 yilga nisbatan 3,8 barobarga ortib, jami 121 taga yetgan. 793 o‘rinli 12 ta yangi mehmonxonalar 147 o‘ringa mo‘ljallangan 17 ta mehmon uylari foydalanishga topshirilgan.
139 ta yangi ob’ektlar ishga tushirilgan. 1 ming 570 ta o‘ringa mo‘ljallangan 12 ta zamonaviy restoran, 4 ta yo‘l bo‘yi turizm infratuzilma ob’ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ziyorat turizmi ob’ektlari soni 27 taga yetkazilgan. 37 ta turistik avtotransport vositalari keltirilgan. Ularning soni 2016 yilga nisbatan 15,6 baravarga ko‘paygan. Jami soni 281 tani tashkil etmoqda.
Viloyatda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan turizm sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shuvchi qator istiqbolli loyihalar moliyalashtirilmoqda.
Bank tomonidan ko‘rsatilgan 10 milliard so‘m miqdoridagi moliyaviy ko‘mak yordamida “MUXABBAT XAYRI SAXOVAT” MCHJ tomonidan “Poykent Bukhara” brendi ostida faoliyat yurituvchi mehmonxonalar tarmog‘i tashkil etildi.
[gallery-1888]
Mehmonxonalar viloyatning eng mashhur ziyoratgohlaridan biri bo‘lgan “Yetti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishi, ya’ni, Shofirkon tumani “Xoja Orif Mohitabon ziyoratgohi”, Vobkent tumani “Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy ziyoratgohi”, Kogon tumani “Hazrati Mirkulol ziyoratgohi”, Kogon tumani “Hazrat Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi” hududlarida tashkil etilgan.
–14 ta xona, 35 kishiga mo‘ljallangan standart xonalar mavjud, – deydi Kogon tumani “Hazrati Mirkulol ziyoratgohi”da joylashgan “Poykent Bukhara”mehmonxona xodimi Sayfullo Nurillayev. – Mehmonxonada 6 kishi ishlaydi. “Poykent Bukhara” brendi ostida faoliyat yurituvchi mehmonxonalar tarmog‘i “Yetti pir”ning Shofirkon, Vobkent, Kogon tumanlarida joylashgan. Mehmonxonamizga mahalliy sayyohlar bilan birga chet ellik ya’ni Afg‘oniston, Qozog‘iston davlatlaridan ham mehmonlar kelmoqda. Uchala mehmonxona 2019 yildan boshlab ish boshladi. Mehmonxonalar halol mehmonxona kategoriya sertifikatini qo‘lga kiritgan. O‘zim 2020 yilda Buxoro davlat universitetining Turizm fakultetini bitirib qishlog‘imda tashkil etilgan “Poykent Bukhara” brendi ostidagi mehmonxonaga ishga joylashdim. Bundan juda xursandman. 2 million so‘mgacha har oy vaqtida oylik olyapman. Oilamga, ota-onamga ko‘maklashayapman.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA