Oziq-ovqat mahsulotlari — arzon narxlarda
FOTOREPORTAJ
Mustaqillik bayramini munosib nishonlash, aholi farovonligini ta’minlash va bayram kunlarida yurtdoshlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida Namangan viloyatida qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlatobod tumanidagi “Yashil” dehqon bozorida aholi uchun kundalik ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotish yo‘lga qo‘yildi.
[gallery-30854]
Savdo rastalarida go‘sht, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, sabzavot va poliz mahsulotlari hamda boshqa zarur oziq-ovqat mahsulotlari qulay narxlarda taklif etilmoqda.
Bunday savdolar bayram arafasida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, bozorda narxlar barqarorligini saqlash va iste’molchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA