“O‘zbekkosmos” sho‘rlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi (+video)
“O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov loyihani boshladi.
Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligida “O‘zbekkosmos” agentligi hamda BMT huzuridagi Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda batafsil ma’lumot berildi.
Ushbu seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shu yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib boradigan vazirlik hamda idoralar bilan fikr almashib, ularning takliflari asosida loyihani amalga oshirishdan iborat.
Tadbirda BMTning Osiyo va tinch okeani ijtimoiy komissiyasi hamda Xitoy fanlar akademiyasining mas’ul vakillari ishtirok etishdi.
Ta’kidlanishicha, loyihani amalga oshirish uchun sinov hududi sifatida Jizzax viloyatining Zarbdor va unga tutash tumanlaridagi 90 ta ekin maydonlari tanlab olingan. U yerda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar orqali yerlarning sho‘rlanish darajasi o‘rganilib, laboratoriya tekshiruvlari uchun nusxa olinadi va chuqur tekshiriladi.
[gallery-21845]
Bu orqali yaqin yillar davomida mamlakatdagi eng sho‘rlangan yerlarning aniq statistikasini yuritish, qishloq xo‘jaligi uchun hosildor maydonlarni aniqlab berish, fermerlar uchun ekin maydonlarining holati bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etish mumkin bo‘ladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ni_NbKWBysU" title="“Oʻzbekkosmos” shoʻrlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Natijada esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish borasida resurs va xomashyolarni to‘g‘ri taqsimlash, yerlarning sho‘rlanish darajasi va joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda agrotexnik choralarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.
N.Rahmonova, O.Mirsoatov (surat), N.Abduvoitov (video),
U.To‘xtayev (montaj), O‘zA