O‘zbekistonning uchta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingida Top-1000 talikdan joy oldi
Har qanday rivojlangan mamlakatning taraqqiyot yo‘liga nazar solinsa, islohotlarining asosini ta’lim-tarbiya tashkil etadi. Shuning uchun ham so‘nggi yillarda yurtimizda ushbu tizim tobora takomillashmoqda. Buning samarasi o‘laroq, ta’lim maskanlari ko‘payib, tolibi ilmlar soni ham oshmoqda. Shuningdek, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosda reytinglari ham barqaror o‘sib bormoqda.
Oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026 yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.
Mazkur reytingga dunyoning qariyb ikki mingta universiteti qatorida O‘zbekistonning ham 9 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Quvonarlisi, ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatda qayd qilingan.
Top-1000 talik ro‘yxatdan O‘zbekistonning quyidagi OTMlari o‘rin oldi:
1.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin.
2.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin.
3.O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin.
Ta’kidlash joizki, ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.
Sherbek Islomov,
O‘zA