O‘zbekistonning eng kuchli yosh bokschilari Toshkentda saralanadi
Bugun Toshkent shahridagi "Olimpiya shaharchasi"da boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining final bahslari start oladi.
Unda erkaklar o‘rtasida 10 ta vazn toifasida jang tashkil etilishi rejalashtirilgan. Xususan, -50 kg. vazn toifasida Amirjon Suponov Odilshoh Halimovga qarshi ringga ko‘tarilsa, vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida Elyor Rustamov —Habibulla Saynazarov, -60 kg. vazda esa Muhammadrizo Ukimov va Bobomurod Boymirzayev o‘rtasidagi to‘qnashuvga guvoh bo‘lamiz.

Shuningdek, -65 kg. vazn toifasida Zulfiqor Adhamjonov — Ibrohim Shokirjonov, -70 kg.da Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev — Shohrux Islomqulov, 75 kg.da Alixon Shahbozov – Suxrob Rahmatullayev, -80 kg.da Ruslan Ibragimov — Asilbek Abdusamadov, -85 kg.da Quvonchbek Ibrohimov — Sardorbek Bahromxo‘jayev, -90 kg.da Asadbek Sultonboyev — Abdulloh Qodirov, +90 kg.da Islom Solixov — Shohjahon Islomov juftligi ringga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA