O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadasida oltita medalni qo‘lga kiritdi
Ruminiyada o‘tkazilayotgan 30-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon Matematika olimpiadasi (JBMO) ishtirokchilarining yakuniy natijalari e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati.
Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi. Jumladan, yoshlarimiz bitta oltin, to‘rtta kumush va bitta bronza – jami 6 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi o‘quvchisi Umarbek Ubaydullayev oltin, Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internat o‘quvchisi Eldorbek Hakimov kumush, Buxoro shahridagi 35-maktab o‘quvchisi Komronbek Kamolov kumush, Termiz shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab internat o‘quvchisi Ortiqjon Toxirov kumush, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Baxtiyor Ostonov kumush, Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Anvar Abduvaliyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Terma jamoa a’zosi Umarbek Ubaydullayev eng yuqori natijani qayd etib, mutlaq g‘olib deb topildi.
N.Usmonova,
O‘zA