O‘zbekistonlik o‘quvchilar g‘alabasi
Joriy yil 16-25 iyul kunlari Shveysariya davlatida 90 ga yaqin mamlakatdan 350 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita oltin, bitta kumush, bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoa tarkibida Azizbek Nazarov Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi hamda Abdulloh Mahmudov Uchtepa tumani 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi oltin medalga munosib topildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medalga loyiq topildi.
N.Usmonova,
O‘zA