O‘zbekistonga jo‘natilgan xalqaro pul o‘tkazmalari 9,3 mlrd dollarga yetdi (+video)
2026-yilning birinchi yarim yilligida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatimizga qariyb 9,3 mlrd dollar kelib tushdi.
Shu davrda xorijga 1,3 mlrd dollar o‘tkazildi va natijada 8 mlrd dollarlik ijobiy saldo shakllandi.
Mazkur davrda aholi tijorat banklariga 12,3 mlrd dollar sotdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,4 baravar ko‘pdir (2025-yil yanvar-iyun – 9,1 mlrd dollar).
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 6,8 mlrd dollar sotib olingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga ko‘p bo‘lsa-da, valyuta sotuvi yuqori bo‘lgani uchun aholi tomonidan taklif talabdan 5,5 mlrd dollarga ortiq bo‘ldi.
Valyuta taklifining yuqori bo‘lishi ichki valyuta bozorida ham aks etdi. Birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12 009 so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan amalda o‘zgarishsiz qoldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, eksport tushumlari, yuridik shaxslar valyuta taklifi va xalqaro pul o‘tkazmalari hisobiga 2026-yilning birinchi yarim yilligida ichki valyuta bozorida almashuv kursi nisbatan barqaror shakllangan.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/HxsnDD63jYI" title="O‘zbekistonga jo‘natilgan xalqaro pul o‘tkazmalari 9,3 mlrd dollarga yetdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA