O‘zbekistonda yangi orzular: xorijlik talabalarning hayoti (+video)
Bugun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar tahsil olmoqda. Ular uchun O‘zbekiston nafaqat bilim olish, balki yangi muhitni kashf etish, turli madaniyatlar bilan tanishish, do‘stlar orttirish va kelajak uchun muhim tajriba to‘plash maskaniga aylanmoqda.
Boku shahridan kelgan ozarbayjonlik talaba Horun Abdullayev va Bishkekdan tashrif buyurgan qirg‘izistonlik talaba Nurhayot Dushanova ham o‘qish uchun O‘zbekistonni tanlagan yoshlar safida.
Ular suhbat davomida O‘zbekistondagi ilk taassurotlari, universitetdagi ta’lim jarayoni, o‘zbek tilining qardosh tillar bilan yaqinligi, yangi do‘stlar va mamlakat hayotiga moslashish jarayoni haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, O‘zbekistonda olgan bilim va tajribasi, kelajakdagi kasbiy rejalari hamda mamlakatning qardosh davlatlar bilan ta’lim va yoshlar sohasidagi aloqalari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Xorijlik talabalar nigohida O‘zbekiston qanday?
- Bu yerda ta’lim olish ularga qanday imkoniyatlar bermoqda?
- Ularning kelajak rejalari qanday?
Batafsil suhbat va qahramonlarimizning taassurotlarini YouTube sahifamizdagi to‘liq videoda tomosha qiling.
Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov, Iskandar Ismatov, O‘zA