O‘zbekistonda o‘qishni tanlayotgan xorijliklar soni 2,1 barobar oshdi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida 29 ming 548 nafar chet el fuqarosi ta’lim olish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,3 ming nafarga ko‘p bo‘lib, 2,1 barobarga oshgan.
O‘zbekistonda ta’lim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:
Turkmaniston — 11 986 nafar;
Hindiston — 6 163 nafar;
Tojikiston — 2 271 nafar;
Xitoy — 1 311 nafar;
Pokiston — 1 252 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 1 028 nafar;
Misr — 852 nafar;
Koreya Respublikasi — 732 nafar;
Filippin — 620 nafar;
boshqa davlatlar — 3 333 nafar.
Ushbu raqamlar xorijlik talabalar uchun O‘zbekistondagi ta’lim imkoniyatlariga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA