O‘zbekistonda ilk “Milliy” kredit karta — endi MKBANKda!
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar va zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. UZCARD milliy to‘lov tizimi o‘zining ilk milliy kredit kartalarini rasman muomalaga chiqardi.
UZCARD kredit kartasi loyihasini mamlakatimiz banklari orasida birinchi bo‘lib Mikrokreditbank (MKBANK) amaliyotga joriy etdi.
2026-yil 25-iyundan boshlab UZCARD kredit kartasini Mikrokreditbankning barcha Bank xizmatlari markazlari va ofislarida rasmiylashtirish mumkin.
Kredit karta — bu bank tomonidan ajratilgan kredit limiti doirasida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy to‘lov vositasidir. U mijozlarga xaridlarni qulay rejalashtirish, kutilmagan xarajatlarni qoplash hamda kundalik to‘lovlarni qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Oddiy mikroqarzdan farqli ravishda, kredit kartaning bir qator afzalliklari mavjud:
· Qayta tiklanadigan kredit limiti – foydalanilgan mablag‘ qaytarilgandan so‘ng kredit limiti qayta tiklanadi va undan yana foydalanish mumkin.
· Qulay va keng qamrovli to‘lovlar – UZCARD infratuzilmasiga ulangan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
· Onlayn boshqaruv – kredit limiti, qarzdorlik va to‘lovlarni bankning mobil ilovasi orqali masofadan turib nazorat qilish va boshqarish mumkin.
MKBANKning UZCARD kredit kartasi mijozlarga zamonaviy, qulay va moslashuvchan moliyaviy yechimlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etib, mamlakatda kredit mahsulotlari ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi асосида