O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni ochiqlandi
Milliy statistika qo‘mitasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar soniga doir rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni (o‘rindoshlarsiz) 577,7 ming nafarni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan 2024/2025 o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga oshgani kuzatilgan.
Tahlillarga ko‘ra, soha xodimlarining gender tarkibida ayollar ustunlik qiladi: o‘qituvchilarning 72,5 foizi yoki 418,8 ming nafarini xotin-qizlar, 27,5 foizi yoki 158,9 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.
Hududlar kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar soni quyidagicha taqsimlangan:
Samarqand viloyati — 65,1 ming nafar;
Qashqadaryo viloyati — 65,1 ming nafar;
Farg‘ona viloyati — 60,6 ming nafar;
Surxondaryo viloyati — 52,3 ming nafar;
Andijon viloyati — 46,3 ming nafar;
Namangan viloyati — 42,6 ming nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40,7 ming nafar;
Toshkent viloyati — 40,2 ming nafar;
Xorazm viloyati — 35,1 ming nafar;
Toshkent shahri — 34,1 ming nafar;
Buxoro viloyati — 33,4 ming nafar;
Jizzax viloyati — 25,7 ming nafar;
Navoiy viloyati — 22,3 ming nafar;
Sirdaryo viloyati — 14,2 ming nafar.
M.Qosimova, O‘zA