O‘zbekistonda 2026-yilning I choragida o‘rtacha rasmiy ish haqi 6,8 mln so‘mni tashkil qildi (+video)
Eng katta maosh oluvchi soha vakillari bank va moliya sohasi, o‘qituvchilar va shifokorlar esa eng kam maosh oluvchi soha vakillari sifatida o‘zgarishsiz qolmoqda.
Bunda sohalar kesimida bank va moliya sohasida ishlovchilar maoshi 18,6 mln so‘mga yetdi.
Keyingi o‘rinlarda axborot va aloqa - 16,5 mln so‘m va 10,7 mln so‘m maosh bilan logistika sohasi xodimlari bormoqda.
O‘qituvchi va shifokorlar hamon eng kam maosh oluvchi soha vakillari bo‘lib turibdi — mos ravishda 4,6 mln so‘m va 4,1 mln so‘m.
O‘rtacha yillik maosh mamlakat bo‘yicha 17,4 foizga o‘sgan bo‘lsa, o‘qituvchi (14,2 foiz) va shifokorlarning (13 foiz) ish haqi bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastroq o‘sgan.
Hududlar kesimida Toshkent shahri 11,7 mln so‘m bilan yetakchi bo‘lib turibdi. O‘sish bo‘yicha ham poytaxt boshqa hududlardan oldinda.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/FOUYcXzg-S0" title="O`zbekistonda 2026 yilning I choragida o`rtacha rasmiy ish haqi 6,8 mln so`mni tashkil qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>