O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik aloqalar
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti o‘rinbosari A.Abdukarimovning Xitoyning «DeepBlue Artificial Intelligence Technology (Shanghai) Inc.» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va asoschisi Chen Xaibo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi.
Uchrashuv davomida tomonlar sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo‘shma ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish hamda innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
M.Qosimova,
O‘zA