Özbekiston va Rossiya media futbol terma jamoalari uçraşuvi yakunlandi
Özbekiston – Rossiya III media forumi doirasida ikki mamlakat media futbol terma jamoalari örtasida örtoqlik uçraşuvi bölib ötdi. “Paxtakor” stadionida ötkazilgan bahsda har ikki jamoa safida media vakillari, blogerlar hamda yaqin ötmişning maşhur futbolçilari maydonga tuşdi.
Milliy olimpiya qömitasi matbuot kotibi Zafar Imomxöjayev taʼkidlaşiça, futbol har ikki mamlakatda eng ommabop sport turi hisoblanadi. Bunday uçraşuvlar sport orqali xalqlar örtasidagi döstlik va qöşnilik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Şuningdek, u Özbekiston 2027-yil media futbol böyiça jahon çempionatini qabul qilişga harakat qilayotganini qayd etdi. Hozirgaça 16 terma jamoa musobaqada iştirok etiş istagini bildirgan. Taşkilotçilar iştirokçilar sonini 24 taga yetkazişni maqsad qilgan.

Bunday yirik musobaqa yurtimizda ötkazilişi mamlakatimiz xalqaro nufuzi va sayyohlik salohiyatini oşirişga ham hissa qöşadi.

Öyin 4:7 hisobida Rossiya media futbol terma jamoasi ğalabasi bilan yakunlandi.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov, Asliddin Alijonov (surat),
ÖzA