Özbekiston va Koreya örtasidagi strategik şeriklik yangi mazmun va kölam kasb etayotgani eʼtirof etildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Ço Çon Şik taklifiga binoan rasmiy taşrif bilan Koreya Respublikasida bölib turibdi.
Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan uçraşdi.
Koreya Prezidenti yaqinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bilan bölib ötgan muzokaralar natijalarini yuksak baholadi. Davlat rahbarlarining özaro işonçi va siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz örtasidagi alohida strategik şeriklik yangi mazmun va kölam kasb etayotgani taʼkidlandi.
Muloqot davomida qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, innovatsion va texnologik alyansni rivojlantiriş, yangi sanoat quvvatlarini yaratiş va hududlararo aloqalarni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼlim, tibbiyot, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, yoşlar va ilmiy doiralar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş istiqbollari muhokama qilindi. T.Norboyeva bu borada zarur qonunçilik asoslarini takomillaştiriş va taʼsirçan parlament nazoratini amalga oşiriş muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Parlamentlarning faol iştiroki qöşma taşabbuslarning amaliy ijrosini jadallaştirişga, Özbekiston va Koreya örtasidagi alohida strategik şeriklikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

***
Koreya Respublikasiga rasmiy taşrif doirasida delegatsiya aʼzolari «Seoul Startup Hub Gongdeok» markazi rahbari Kim Çon U bilan uçraşdi.
Kim Çon U Özbekistonda startaplarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimi, malakali IT-kadrlar salohiyati va xorijiy kompaniyalar uçun yaratilgan şaroitlarni yuqori baholadi.

Suhbat davomida özbekistonlik startaplarni koreyalik investorlar bilan boğlaş va qöşma texnologik loyihalarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Yoşlarning 2027-yilda ötkaziladigan «Try Everything» xalqaro startaplar festivalida iştirokini taşkil etiş hamda koreyalik jamoalarni «Land of Startups» tanloviga jalb qiliş taşabbuslari ilgari surildi.
Uçraşuvda Özbekistonning Markaziy Osiyo texnologik bozoriga kiriş uçun işonçli hamkor böla olişi alohida qayd etildi. Bu hamkorlik yoşlar uçun yangi investitsiyalar va xalqaro imkoniyatlar eşigini oçadi.
N.Abduraimova,
ÖzA