O‘zbekiston va Iordaniya: jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik mustahkamlanadi
Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Bitimni (Samarqand, 2025-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun yuzasidan ma’ruza qilgan Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov mazkur Bitim qoidalariga muvofiq tomonlar jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida ushlab berish masalalarida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishini ta’kidladi.

Hujjatda ushlab berish uchun asos bo‘ladigan jinoyatlar doirasi, rad etish asoslari, markaziy vakolatli organlar, dastlabki qamoqqa olish hamda ushlab berilgan shaxslarga nisbatan maxsus qoidalar aniq belgilab qo‘yilgan.


Senatorlar ma’qullagan qonun O‘zbekiston Respublikasining transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligini mustahkamlaydi.
N.Abduraimova,
N.Haydarov (surat),
O‘zA