O‘zbekiston uzumlari ilk bor Koreya Respublikasi bozoriga eksport qilinadi
2026-yil boshida O‘zbekiston uzumlarini Koreya Respublikasi bozoriga eksport qilish uchun zarur fitosanitar ruxsatlar olingan edi. Shunga binoan, mahalliy uzumlarning Koreya Respublikasiga ilk eksporti amalga oshiriladi.
Koreyaning mahsulotni eksportga tayyorlashda fitosanitar talablari yuzasidan mamlakatimizdagi yirik korxonalar vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi vakillari hamda Koreya Respublikasining O‘simliklar va hayvonlar karantini agentligi (APQA) inspektori Kim Domung ishtirok etdi va eksport uchun zarur bo‘lgan talablar haqida tushuntirishlar berdi.

Koreyalik mutaxassisning O‘zbekistonga tashrifi doirasida uzum eksporti uchun mo‘ljallangan qadoqlash korxonalarini dastlabki inspeksiya qilish hamda Koreya Respublikasiga eksport qilinadigan uzumlarni eksportoldi (pre-clearance) inspeksiyasidan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Inspeksiya doirasida uzum yetishtirish va qadoqlashga ixtisoslashgan korxonalar ko‘zdan kechirildi va o‘rganishlar natijasida Koreya tomoni korxonalar reyestrini tasdiqlab beradi.
O‘zbekiston uzumlarining Koreya bozoriga ilk eksporti mamlakatimizning yangi eksport bozorlarini ochish va eksport geografiyasini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardandir.
M.Qosimova, O‘zA