O‘zbekiston U17 terma jamoasi bugun o‘ynaydi
Ayni kunlarda O‘zbekiston U17 terma jamoasi Turkiyada davom etayotgan “U-17 Antalya Youth Cup” xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etmoqda.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U17 terma jamoasi bugun, 12 fevral kuni Marokash U17 termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 17:00 da «Emirxan» sport markazida start oladi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘smirlar terma jamoamiz ilk uchrashuvda slovakiyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borib, 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA