O‘zbekiston U-16 terma jamoasi turnirni g‘alaba bilan boshladi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy futbol markazida “CAFA U-17 Championship – 2026” turniriga start berildi.
Ayder Kurbayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi mazkur musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur turnir yosh futbolchilarning xalqaro tajribasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-28619]
Yomg‘irli ob-havo sharoitida kechgan bahs keskin va murosasiz ruhda o‘tdi. Uchrashuv davomida jamoamiz futbolchilari faol va tashabbuskor o‘yin namoyish etib, raqib darvozasiga ikki bor yo‘l topdi. Natijada uchrashuv 2:1 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.
Qayd etish joiz, musobaqa yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish, iqtidorli o‘yinchilarni saralab olish va ularning mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
Terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 9-aprel kuni Afg‘oniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA