Özbekiston transport sohasi: Modernizatsiya, kengayiş va yuqori natijalar
Yangi Özbekiston zamonaviy transport infratuzilmasini jadal rivojlantirmoqda. Aeroportlar, tezyurar poyezdlar, metro tarmoqlari: bu islohotlar xalq hayoti va taraqqiyotiga qanday taʼsir körsatmoqda?
Bugun yurtimizda barpo etilayotgan zamonaviy aeroportlar, yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar, kengayib borayotgan metro tarmoqlari va takomillaştirilayotgan avtomobil yöllari yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim körsatkiçlariga aylanmoqda. Biroq, har qanday islohotning haqiqiy samarasi faqat qurilgan inşootlar yoki yaratilgan imkoniyatlar bilan emas, balki ularning qonuniyligi, xavfsizligi va xalq manfaatlariga xizmat qilişi bilan belgilanadi.
Maʼlumotlarga köra, mamlakatimiz xizmatlar sohasida transport tarmoğining uluşi 11 foizni taşkil etadi. Aviatsiya bozorining erkinlaştirilişi va xususiy sektorning sohaga kirib kelişi natijasida rezident aviakompaniyalar soni 3 tadan 16 taga, havo kemalari soni esa 54 tadan 107 taga yetkazildi. Sönggi uç yilda aviayönalişlar soni 78 tadan 206 taga, aviaqatnovlar soni 64 mingtadan 130 mingtaga, yölovçilar soni esa 8 million nafardan 15,5 million (ön beş million beş yuz ming) nafarga yetkazilgan. Bu körsatkiçlar aviatsiya xizmatlariga bölgan talab ortib borayotgani va mamlakatimizning transport imkoniyatlari kengayayotganini körsatadi.
2025-yilda elektrlaştirilgan temir yöllar uluşi 53,2 foizni taşkil etdi. Zamonaviy qurilmalar va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş natijasida ekspluatatsiya xarajatlarini 30 foizga kamaytirişga erişildi. Bu nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oşiriş, balki atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiriş nuqtai nazaridan ham muhimdir. Temir yöl infratuzilmasini modernizatsiya qiliş doirasida taʼmirlaş işlari ham izçil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli 215 ta stansiya va 55 ta razʼezd mavjud. 2025-yilda 5 ta yangi stansiya qurilib, foydalanişga topşirildi. Respublika böyiça 33 ta temir yöl vokzali faoliyat yuritmoqda. Vokzallar infratuzilmasini takomillaştiriş orqali yölovçilar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş işlari davom etmoqda.
Transport sohasidagi taraqqiyotni faqat yangi yöllar bilan emas, balki masofalarni qisqartiriş, vaqtni tejaş va yölovçilarga qulaylik yaratiş orqali ham baholaş mumkin. 2017-yilda 2 ta, 2022-yilda yana 2 ta “Talgo-250” rusumli yölovçi elektropoyezdi xarid qilinişi natijasida yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar soni 6 taga yetkazildi. 2024-yilda Janubiy Koreyaning «Hyundai Rotem» kompaniyasi bilan 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdni xarid qiliş va ularga xizmat körsatiş böyiça şartnoma imzolandi.
2026-yil 5-maydan “Toşkent — Samarqand — Buxoro — Xiva” yönalişida qatnov yölga qöyildi. Natijada Toşkentdan Xivagaça bölgan 1 022 kilometrlik masofani avvalgi 14 soat örniga 7,5 soatda bosib ötiş imkoniyati yaratildi. Bu — nafaqat yölovçilar uçun qulaylik, balki içki turizmni rivojlantiriş va hududlar örtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş uçun ham muhim imkoniyat. Bugungi kunda temir yöl transportida yölovçilarni taşiş böyiça 39 ta mahalliy va 11 ta xalqaro yönaliş mavjud. Yuqori tezlikda harakatlanuvçi 6 ta elektropoyezd, 6 ta tezyurar, 11 ta yölovçi, 16 ta şahar atrofi hamda 11 ta xalqaro yönaliş poyezdlarida kuniga örtaça 31 ming nafar yölovçiga xizmat körsatilmoqda.
Amalga oşirilgan islohotlar natijasida respublikada jamoat transportidan foydalaniş darajasi 2022-yildagi 21 foizdan 2026-yilda 37 foizga yetkazildi. Kunlik yölovçi taşiş hajmi esa 1,2 million nafardan 2,6 million nafarga oşdi. Bu raqamlar jamoat transportining aholi hayotidagi ahamiyati ortib borayotganini körsatadi. Eng muhimi, qulay va işonçli transport tizimi insonlarning vaqtini tejaş, şaharlar ekologik holatini yaxşilaş va kundalik hayot sifatini oşirişga xizmat qiladi.
Poytaxt aholisi va mehmonlari uçun qulaylik yaratiş maqsadida metropoliten infratuzilmasini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2017-yildan buyon umumiy uzunligi 32 kilometr bölgan, 21 ta metro bekatini öz içiga olgan yönalişlar qurilib, foydalanişga topşirildi. 2017–2024-yillarda metropoliten liniyalarining umumiy uzunligi 38 kilometrdan 70,8 kilometrga, bekatlar soni esa 29 tadan 50 taga yetkazildi. 2020-yildan buyon 41 ta yangi metro poyezdi xarid qilinib, harakat tarkibi soni 81 taga yetkazildi.
Jumladan, 2023-yilda 3 ta, 2024-yilda 14 ta, 2025-yilda 9 ta metro poyezdi olib kelindi. Bu özgarişlar poyezdlar oraliğidagi intervalni 2–4 daqiqagaça qisqartiriş imkonini yaratdi. Metropolitenda yölovçi taşiş hajmi ham yildan-yilga ortib bormoqda. Demak, metro nafaqat poytaxtda harakatlanişning qulay vositasi, balki şaharning barqaror rivojlanişi, aholi vaqtini tejaş va transport yuklamasini kamaytirişning muhim omiliga aylanmoqda.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA