O‘zbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.
Kuni kecha davlat rahbarlari tor doirada muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar, qo‘shma loyihalarga start berdilar. Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.


Bugun sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdilar.
Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.



