O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Behruz Karimov operatsiya jarayonini boshdan o'tkazdi
Behruz Karimov taxminan 1 oy muddatda safga qaytishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Futbolchida o‘ng oyoq panja (plyusnevoy) suyagi sinishi tashxisi tasdiqlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tibbiy qo‘mitasi tomonidan xorijiy va mahalliy sport shifokorlari bilan birgalikda tegishli muhokamalar olib borildi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, futbolchining tezroq safga qaytishi hamda jarohat qaytalanishining oldini olish maqsadida operatsiya amaliyoti bajarildi.
Hozirda futbolchining holati barqaror bo‘lib, reabilitatsiya jarayoni boshlanadi. Dastlabki rejalarga ko‘ra, Behruz Karimov taxminan 1 oy muddatda safga qaytishi kutilmoqda.