O‘zbekiston strategik rivojlanish tarafdori
Joriy yilning 20 yanvar kuni “Prezident Sh. Mirziyoyevning parlamentga murojaati: O‘zbekistonni yanada rivojlantirish dasturi” mavzusida xalqaro onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar va mintaqalararo instituti hamda Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.
Onlayn-forumda dunyoning 20 ta mamlakatlari, jumladan, Markaziy va Janubiy Osiyo, MDH, YeI, Xitoy, Turkiya va Malayziyadagi yetakchi markazlarning 30 nafadan ortiq ekspertlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar va mintaqalararo instituti, O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Qonuchilik muamolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida yurtimizing tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari, shuningdek Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida belgilangan mamlakatimizni yanada rivojlntirishning ustuvor yo‘nalishlariga oid ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdi.
Davlatimiz rahbarining jamiyat va davlat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy siyosat, ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat yuritish sohalariga oid tashabbus va takliflarining mazmun-mohiyati ochib berildi.
Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va «Yuksalish» harakatining O‘zbekistonni strategik rivojlantirish kursini amalga oshirishning natijalari, davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida keltirilgan asosiy qoidalarning mazmun-mohiyatini aks ettiradigan taqdimot materiallari ham forum ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar va mintaqalararo instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov xalqaro davra suhbatini ochib berar ekan, davlat hokimiyati oliy organ faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, uning xalq oldida hisobdorligini ta’minlashning muhim mexanizmi sifatida Murojaatnomaning siyosiy va huquqiy mohiyatiga e’tibor qaratdi.
Davlatimiz rahbarining murojaat qilish amaliyoti xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ishonchli muloqot o‘rnatish, mamlakatimizni rivojlantirishning eng dolzarb vazifalarini hal etishda jamiyat va davlatni birlashtirish va safarbar qilish, aholining siyosiy-huquqiy onggi va fuqarolik faolligini yuksaltirishning muhim vositasi ekani qayd etildi.
Navbatdagi Murojaatnomaning tuzilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari alohida ochib berildi. Murojaatnomani tayyorlashda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi natijalari batafsil tahlil qilingani, olim va tadqiqotchilar, blogerlar va jurnalistlarning OAV da chop etilgan fikrlari o‘rganilgani qayd etildi. Tadbirkorlarning takliflari, Prezident virtual qabulxonasiga yo‘llagan aholi murojaatlari hisobga olindi.
Shu bois, A.Ne’matov qayd etganidek, Murojaatnoma aholi bilan keng muloqot qilish mexanizmidan foydalangan holda, jamiyatning barcha qatlamlarining eng dolzarb ehtiyojlari va manfaatlarini eks ettiradi, deb hech mubolag‘asiz aytish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar va mintaqalararo instituti ekspertining so‘zlariga ko‘ra, davlatimiz rahbarining parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi keng qamrovli, ayni paytda ochiq va aniq xususiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan dolzarb muammolar ko‘tarilgan, ularni hal qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Ayni damda aholini tashvishga solayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid masalalar ham Yurtboshimizning e’tibori markazida bo‘lgan.
A.Ne’matovning qayd etishicha, bu Prezident Sh.Mirziyoyevning har bir fuqaroning muammolari va takliflarini tinglayotgani, ularning umidlariga javob berayotganidan dalolatdir.

Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatli vakili Ronni Xayne tadbirda chiqish qilib, O‘zbekiston 2017 yildan buyon Prezident Sh.Mirziyoyevning bevosita rahbarligi ostida dunyoda e’tirof etilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirgan holda, mamlakatni modernizatsiya qilishning muhim yo‘lidan borayotganini qayd etdi.
R.Xayne Konrad Adenauer jamg‘armasi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar siyosatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirgan holda, Germaniya O‘zbekistonni rivojlantirishning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori Mixail Fradkov davra suhbati ishtirokchilariga murojaat qilib, O‘zbekiston rahbari tomonidan taqdim etilgan yangi keng ko‘lamli vazifalar ilgari qabul qilingan strategik dasturlarni to‘ldirishini qayd etdi.
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktorining bildirishicha, Murojaatnomada iqtisodiyot, moliya va bank sohalarini yanada rivojlantirish, ijtimoiy, ichki siyosatni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari ifodalangan.

Ayni damda M.Fradkovнинг qayd etishicha, bularning barchasi xalqning moddiy farovonligini yuksaltirish, hokimiyatning aholi muammolariga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, millatning salomatligi va ta’lim olishi, yoshlar tarbiyasiga bo‘lgan g‘amxo‘rligiga qaratilgan.
Rossiyaning yetakchi tahliliy markazi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi murakkab xalqaro vaziyatga, pandemiya va global inqirozga qaramay, belgilangan rejalarni amalga oshirish O‘zbekiston xalqini zamonaviy, ochiq, erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan, rivojlangan jamiyat barpo etish yo‘lidagi yanada muvaffaqiyatli harakatini ta’minlaydi.
Shuningdek, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori, dunyo miqyosidagi, Markaziy Osiyo makonida yetakchi xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston nufuzining izchil o‘sib borayotganini qayd etdi.
M.Fradkov O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlar bilan har tomonlama do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi, baron Muhammad Shayx ham Britaniya siyosiy doiralari Prezident Sh.Mirziyoyevning islohotlar dasturini rivojlantirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi O‘zbekiston rahbarining barcha sohalarni modernizatsiya qilish va liberallashtirish borasidagi sa’y-harakatlariga yuksak baho bergani holda, parlamentarizmni yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvida ayollarning rolini oshirish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish bo‘yicha tashabbuslarning dolzarbligi xususida alohida to‘xtaldi.
Muhammad Shayx O‘zbekistonda sarmoyadorlar, sayyohlar, olimlarning mamlakatga bo‘lgan qiziqishini oshirayotgan mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllanayotganini qayd etdi. Britaniyalik siyosatchi horijiy sarmoyadorlarga turli sohalar, jumladan qishloq xo‘jaligi, energetika, yashil iqtisodiyot, turizm, bank faoliyati bo‘yicha taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlarga alohida to‘xtaldi.

IMEMO RAN Sobiq sovet tadqiqotlar markazi rahbari Eduard Solovev ham ushbu fikrga qo‘shildi.
Nafaqat zamonaviy ilg‘or tendensiyalarni hisobga olish, balki madaniy va tarixiy merosni tiklash, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning o‘zaro muvofiqligi, xalq bilan samarali aloqa mexanizmini yaratish – O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning asosiy kafolatidir.
Rossiyalik ekspertning fikricha, bunday keng qamrovli yondashuv jamiyat va davlatning barcha sohalarini rivojlantirishga, birinchi navbatda ishbilarmonlik muhitini va aholining turmush sifatini yaxshilashga ijobiy turtki beradi.
Peshavor universitetining mintaqaviy tadqiqotlar markazi direktori Shabir Ahmad Xanнинг so‘zlariga ko‘ra, Prezident Sh.Mirziyoyev mamlakatni isloh qilish bo‘yicha “inqiboliy” choralarni ko‘rmoqda. O‘zbekiston yuksak maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ymoqda va kambag‘allikni qisqartirishga qarshi kurash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, korrupsiyani yo‘q qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishmoqda.

Shabir Ahmad Xan O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar Markaziy Osiyoning barqaror va mustahkam rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani, keng Yevroosiyo makonida hamkorliki kengaytirish va chuqurlashtirish uchun istiqbollar eshigini ochayotganini qayd etdi.
Ekspertning ta’kidlashicha, O‘zbekiston iqtisodiy o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarini Hind okeani portlari, jumladan, Pokistonning – Gvadar va Karachi portlariga chiqishini ta’minlaydigan mintaqaviy transport-logistika tizimini takomillashtirish ishlarini davom ettirishi zarur.
Ayni damda, Peshavor universiteti olimining fikricha, barcha qiyinchiliklarga qaramay, Murojaatnomada Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilangan vazifalar ichki va tashqi siyosat bo‘yicha tanlangan strategik kursni davom ettirish borasidagi qat’iy siyosiy irodadan dalolat beradi.
Tadbir davomida 2021 yilgi Davlat dasturi horijiy ekspertlar e’tiboriga havola qilindi. U Murojaatnomada Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilangan vazifalar, tashabbus va takliflarni amalga oshirsh bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tadbirda ishtirok etayotgan horijiy hamkorlarga ushbu hujjat bilan batafsil tanishib chiqishi, o‘zlarinig ekspertlik takliflarini bildirishlari mumkinligi qayd etildi, ular mazkur hujjatni to‘liq ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Tadbir yakunida bildirilgan dolzarb masalalar bo‘yicha qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar Murojaatnoma mamlakatni rivojlantirishning strategik ko‘rinishlarini aks ettiruvchi dasturiy hujjat bo‘lib, unda inson, uning manfaatlari va farovonligi O‘zbekiston Prezidentining ustuvor yo‘nalishlari tizimining asosini tashkil qiladi, degan yakdil fikrga keldilar. Qayd etilganidek, mamlakat rahbarining respublikani modernizatsiya qilish strategiyasining o‘ziga xosligi, uni aholi orasida keng qo‘llab-quvvatlanishi aynan ana shunda namoyon bo‘ladi.