Özbekiston Prezidentining Qozoğistonga amaliy taşrifi yakunlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahriga amaliy taşrifini yakunladi.
Qozoğiston poytaxtida davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt sohasidagi xavfsizlik masalalari böyiça Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etdi.


Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, raqamli texnologiyalarning rivojlanişi bilan boğliq yangi xatar hamda tahdidlarga birgalikda qarşi turiş masalalari körib çiqildi.
Tadbir doirasida Özbekiston yetakçisi Iordaniya Podşohi Abdulla II bilan uçraşuv ötkazdi. Qozoğiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari, Ozarbayjon va Qirğizistonning yuqori martabali vakillari hamda Aqaba jarayoni moderatori bilan ham suhbatlar bölib ötdi.


Ostona xalqaro aeroportida Özbekiston Prezidentini Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qöydi. Davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi.
