O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
14-sentabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldilar.



Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.



Shundan so‘ng davlatimiz rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.



Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.