O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.
Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.





Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.