O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Kelajak o‘yinlari” o‘zida an’anaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.
Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.