O‘zbekiston – Misr hamkorligi UNA nigohida
“Toshkent va Qohira har tomonlama hamkorlikni muhokama qildi”. Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari ittifoqi (OIC-UNA) saytida shunday sarlavha ostida maqola berildi.
Nashrda O‘zbekiston Prezidentining Misrga rasmiy tashrifi, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning buyuk olim Ahmad Farg‘oniy merosi bilan tanishishi, shuningdek, Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyini borib ko‘rishi mufassal tavsiflangan.
Bundan tashqari, muallif davlatimiz rahbarining Misrdagi yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuviga ham e’tibor qaratgan.
– Uchrashuv doirasida tomonlarning ulkan salohiyati, ishbilarmonlik va biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Misr o‘rtasida savdo ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro investitsiyani faollashtirish uchun beqiyos imkoniyati mavjudligi qayd etildi”, – deb yozadi UNA.
O‘zA